Vatan faxri medali
Jamiyatimiz tasis etgan VATAN IFTİXORİ ko'krak nishoni
Istanbul shahridagi "Oʻzbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati" boshqaruv kengashi tomonidan "Vatan iftixori" koʻkrak nishoni taʼsis etildi.
"Vatan iftixori" koʻkrak nishoni oʻz sohasida namuna boʻlgan, yurtining manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻygan va vatanini xalqaro miqyosda tanitishga ulkan hissa qoʻshgan shaxslarga topshiriladi. Mazkur unvon Turk dunyosining eng yuksak unvonidir.
Tanzila Kamalovna Narbaeva O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlis Senati raisi, bu lavozimni egallagan birinchi ayol siyosatchi Senat raisi sifatida ayollarning huquqlari, ijtimoiy rivojlanish va gender tenglik masalalariga alohida e'tibor qaratadi.
O'zbekistonda ayollar rahbarlik pozitsiyalariga chiqa boshlagan tarixiy shaxsdir. Uning siyosiy faoliyati ayollarning ijtimoiy va huquqiy o'rnini mustahkamlashga qaratilgan.
Baku shahrida faoliyat yuritayotgan, Davlat Test Markazi rahbari Malika Xonim Abbaszade yuksak unvon "Vatan iftihori" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi huzuridagi "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti direktor o'rinbosari, Respublika "Oqila ayollar" harakati yetakchisi, pedagogika fanlari doktori, professor Musurmanova Aynisa Musurmanovna Istanbul shahrida "Vatan iftixori" ordeni bilan taqdirlandi.
Professor Jamoldinova Odinaxon Rasulovnaga ushbu nishonni taqdim etish – uning mamlakat taraqqiyoti hamda ilm-fan yoʻlidagi samarali faoliyatini eʼtirof etishdan dalolat beradi. Odinaxon Rasulovna ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasini takomillashtirishga, yurt ravnaqi uchun fidoyi yoshlarni tarbiyalashga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga ulkan hissa qoʻshmoqda.
"Vatan iftixori" koʻkrak nishoni professorning ilmiy va pedagogik faoliyatiga berilgan yuksak baho boʻlib, u mamlakatimizdagi barcha olimlar va fidoyi insonlar uchun munosib namuna boʻlib xizmat qiladi.
Turkiyaning mashxur rassomi va yozuvchisi Sayime Serra Erdog'onni "Vatan Sharafi Nishoni" bilan taqdirladi.
Ozarbayjon Neonatologiya Maktabi: Ozarbayjonda neonatologiya sohasida ta'lim va rivojlanishni rag'batlantiradigan ushbu maktabning tashkil etilishida faol rol o'ynadi.
Onalar va Bolalar Salomatligini Rivojlantirish Davlat Dasturi: Ushbu dastur doirasida muddatidan oldin tug'ilgan chaqaloqlarning sun'iy nafas oldirish (intubatsiya) jarayoni bo'yicha ko'plab neonatologik o'quv mashg'ulotlari tashkil etildi, yangidan tug'ilgan bolalarning hayotini saqlab qolish tashabbuslari va neonatal parvarish standartlarini yaxshilash ta'minlandi. Ushbu dastur Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan tasdiqlangan.